Jizzax shahridagi markaziy shox ko‘chaga Islom Karimov nomi berildi


25-yanvar kuni Shavkat Mirziyoyev tomonidan imzolangan “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘anievich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi Qarorga muvofiq “Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardagi markaziy ko‘chalarga (mahalliy davlat hokimiyati organlari takliflari asosida) Islom Karimov nomini berish” deb belgilab qo‘yilgan edi.

Qaror ijrosi doirasida Jizzax shahridagi “Xalqlar do‘stligi” shox ko‘chasiga O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimov nomi berildi. Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qo‘mitasi geodeziya va kartografiya milliy markazi qoshidagi ekspert komissiyasi bergan xulosada bu haqda ma’lum qilindi, deb xabar beradi viloyat hokimligining axborot xizmati.

Latest from Blog