«Jizzax» EIZda Uzbekistan Peugeot Citroen Automotive zavodi qurilishi boshlandi

“Jizzax” erkin iqtisodiy zonasida “O‘zavtosanoat” aktsiyadorlik kompaniyasi “Pejo Sitroen” guruhi bilan hamkorlikda barpo etayotgan avtomobil zavodi poydevorining tamal toshini qo‘yishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Foto: UzA

Yangi zavodda yo‘lovchi va yuk tashishga mo‘ljallangan «Peugeot» va «Citroen» yengil tijorat avtomobillari ishlab chiqariladi. Qo‘shma korxonaning ustav kapitali 30 million yevro. Loyihani amalga oshirishga umumiy qiymati qariyb 130 million yevrolik investitsiya jalb etilyapti.

2018-yil 1-mayga qadar investitsiya loyihasi doirasida korxonaning qurilish-montaj ishlari amalga oshiriladi va shu bilan bir vaqtda loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqiladi. 2019-yilda korxona mahsulot ishlab chiqarishni boshlaydi.

Korxona yiliga 16 ming dona zamonaviy avtomobil ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘ladi. Mahsulot ichki bozordan tashqari yaqin va uzoq xorij davlatlariga ham eksport qilinadi.

Ishlab chiqarishning birinchi yilidan boshlab avtomobil butlovchi qismlari ishlab chiqaruvchi “O‘zavtosanoat” tizimidagi 30 ga yaqin yirik va 160 dan ziyod o‘rta va kichik korxonalarni jalb etish yo‘li bilan kamida 50 foiz mahalliylashtirish darajasini ta’minlash rejalashtirilmoqda.

Zavod quriladigan maydonda ish boshlandi. An’anaga ko‘ra, tadbirda davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, xorijlik mehmonlar, quruvchilar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida zavodning asosiy inshooti poydevoriga kelajakka bitilgan maktub solingan kapsula joylashtirildi, deb xabar qiladi O‘zAga tayanib Uz24.uz.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar