Jinoyatni O‘zbekiston fuqarosi bo‘yniga qo‘ymoqchi bo‘lgan «operlar» qo‘lga tushdi


Bugun Tula viloyati 32 va 48 yoshli tergov qo‘mitasi xodimlari ustidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Tergov qo‘mitasi xabariga ko‘ra, tezkor qidiruv bo‘limi xodimlari ushbu yilning 7-aprel kuni uni O‘zbekiston fuqarosini politsiyai bo‘limiga olib kelib, jinoyatni tan olishni taklif qilishadi. Rad javobi olgach, politsiyachilar gumon qilinayotgan shaxs qo‘liga kishan solib, Yasinogorsk tumani hududidan tashqariga olib chiqishadi. U yerda xodimlar O‘zbekiston fuqarosini kaltaklab, travmatik pistoletdan uning oyog‘iga kamida beshta o‘q uzishadi va jinoyatni tan olishni va sheriklarini nomini aytishni talab qilishadi.

Yetkizilgan jarohatlar oqibatida O‘zbekiston fuqarosi jinoyatni bo‘yniga olishga rozi bo‘ladi. Shundan keyin politsiya xodimlari uning nomidan o‘z ixtiyori bilan jinoyatda iqror bo‘lish arizasi yozib olishadi. Ayni damda, Tula viloyati FSB boshqarmasi tomonidan tezkor qidiruv bo‘limi xodimlari ustidan Rossiya JKning 286-moddasi «a» «mansab vakolatlarini oshirib yuborish» bandiga muvofiq jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Latest from Blog