Jezus Braziliya milliy jamoasiga yordam bera olmaydi

ESPN nashrining xabar berishicha, Angliyaning “Manchester Siti” klubi hujumchisi Gabriel Jezus 1 oyga safdan chiqdi.

biensports.com

Maʼlumot uchun, 23 yoshli forvard Braziliya milliy jamoasining JCH-2022 saralashi doirasida Boliviya (9-oktabr) va Peruga (13-oktabr) qarshi oʻyinlarini oʻtkazib yuboradi. Uning oʻrniga esa milliy jamoaga “Herta” hujumchisi Mateus Kunya chaqirildi.

Eslatib oʻtamiz, Jezus 21-sentabr kuni APLning 2-turidan oʻrin olgan “Vulverhempton” (3:1) bilan bahsda jarohatlangandi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog