Jenevada “Mirzo Ulug‘bek. Osmon toqiga qo‘yilgan narvon” tarixiy hujjatli filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi

Jenevada “Mirzo Ulug‘bek. Osmon toqiga qo‘yilgan narvon” tarixiy hujjatli filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi. Film namoyishi The Club des leaders xalqaro jamiyatining Shveysariyadagi vakolatxonasi tomonidan tashkil etildi. Bu haqda Lola Karimova-Tillayeva o‘z Facebook sahifasida ma’lum qildi.

Foto: Facebook / Lola Karimova-Tillayeva

“Ushbu kinolentani bugun e’tiboringizga havola etish men uchun katta sharaf. XV asrda, Mirzo Ulug‘bek hukmronlik qilgan davrda Samarqand astronomiya, matematika va geometriya sohalarida ilg‘or ilmiy tadqiqotlar xalqaro markaziga aylandi. Bu buyuk inson, yetuk olim va adolatli hukmdor shaxsi bolaligimdan meni o‘ziga maftun etgan edi. Uning hikoyasi zamondoshlarimiz e’tiboriga havola etilishi lozim,” – deya ta’kidladi Lola Karimova-Tillayeva filmning taqdimotida.

Latest from Blog