Jasur Ibrohimovning o‘limida gumon qilinayotgan shaxsning ota-onasi Mirobod tumani IIBga chaqirildi

Jasur Ibrohimovning o‘limida gumon qilinayotgan shaxsning ota-onasi Mirobod tumani IIBga chaqirildi. Bu haqda Qalampir.uz sayti xabar qildi.

Foto: Qalampir.uz

Toshkent shahar Mirobod tumani Ichki ishlar boshqarmasida Borovskiy kollejining o‘quvchisi Jasurbek Ibrohimov ishi bo‘yicha favqulotda yig‘ilish tashkil qilindi.

Mazkur yig‘ilishda asosiy gumondor sifatida turgan Islombek Tulaganovning ota-onasi, Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari, Ota-onalar qo‘mitasidan vakil, mahalla faollari ishtirok etdi.

Islom To‘laganovning ota-onasi Abdujalil Rasulov va Zumrad Mambetova o‘g‘lining qilmishi bo‘yicha ko‘rsatma berishdi.

Latest from Blog