Jasur Ibrohimov ishi: sud-tibbiyot eksperti marhum 3-may kuni olgan jarohati oqibatida vafot etganini ma’lum qildi

9-oktabr kuni Mirobod tuman jinoyat ishlari bo‘yicha sudida Borovskiy nomidagi kollej o‘quvchisi Jasur Ibrohimovning ishi yuzasidan yana to‘rt nafar guvoh, jumladan, ko‘rsatma bergan sud-tibbiyot eksperti Farhod Lochinov ham tinglandi, deb xabar berdi “Novosti Uzbekistana”.

“Novosti Uzbekistana” surati

Farhod Lochinov o‘zining ko‘rsatmasida qayd etishicha, marhum Jasur Ibrohimovning jasadi 1-iyun kuni yorib ko‘rilgan. Sud-tibbiyot ekspertining fikricha, o‘smirning o‘limiga 3-may kuni olingan jarohati sabab bo‘lgan.

“Sud-tibbiyot ekspertizasining xulosasiga ko‘ra, o‘smirning o‘limiga o‘n ikki barmoqli ichakning yorilishi, ichki organlar gematomasi, ko‘p sonli jarohatlar, boshdagi yopiq jarohat va miya chayqalishi sabab bo‘lgan. Yetkazilgan tan jarohatlar darajasiga ko‘ra, inson hayoti uchun xavfli hisoblanadi. Yorib ko‘rish shuni ko‘rsatdiki, bolaning o‘limiga 3-may kun olgan jarohatlari sabab bo‘lgan”, — dedi Farhod Lochinov.

Shuningdek, sud-tibbiyot ekspertining ma’lum qilishicha, Jasur Ibrohimov mutlaqo jismoniy jihatdan ham, ruhiy jihatdan ham sog‘lom bo‘lgan. Yigitchaning hech qanday surunkali yoki ruhiy kasalligi bo‘lmagan. Lochinov bu orqali Jasur Ibrohimovning nogironligi yoki qandaydir jarohati borligi haqidagi ma’lumotni rad etgan.

Ekspert sudyalarning, davlat qoralovchisining va advokatlar tomonidan “marhum yuqorida sanab o‘tilgan jarohatlarni o‘z bo‘yi balandligidan yiqilishi va uning ustiga boshqa bir odam qulashi oqibatida olgan bo‘lishi mumkinmi” deya berilgan savolga “buning ehtimolligi juda kam”, deya javob berdi. Shu bilan birga, aniqlik uchun tajriba o‘tkazib ko‘rish lozimligini aytdi.

O‘sha kuni sud-tibbiyot ekspertidan tashqari yana uch nafar guvohning — sudlanuvchining otasini, shuningdek, tibbiyot kolleji bitiruvchilari Temur To‘xtayev va Dilshod Abdullayevning ko‘rsatmalari tinglandi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar