JAR prezidenti vazifasidan ozod etildi

JAR prezidenti Yakob Zuma “Rainbow nation” partiyasining ta’siri natijasida iste’fo berishga majbur bo‘ldi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar bermoqda.

Foto: timeslive.co.za

Nelson Mandela prezidentligida vujudga kelgan “Rainbow nation” partiyasi Janubiy Afrika milliy Kengashi bilan birgalikda yakshanba kuni Zuma bilan muzokaralar o‘tkazgan va unga lavozimini tark etishi uchun 48 soat vaqt bergan.

Muholifat partiyasi va OAV JAR Afrikadagi eng iqtisodi rivojlangan davlat ekanligi, banklar, tog‘-kon sanoati boyligiga qaramasdan 9 yildan buyon prezidentlik qilib kelayotgan Yakob Zuma davrida ahvol yomonlashganini aytishmoqda.

Bu kabi tanqidlar va chiqishlar mamlakatda ikki haftadan buyon davom etib keldi va Zumaning iste’fosi bilan yakunlandi.

Muholifat partiya yetakchisi esa Zumaning sobiq turmush o‘rtog‘ining jiyani Ramafosadir. U aynan keyingi saylovlarda yetakchilik qilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, Zuma 2016-yilgi prezidentlik saylovlarida 54 foiz ovoz olib g‘olib bo‘lgan edi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar