Japan Airlines Business Aviation aviakompaniyasi vakillari Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirdi

Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasida Yaponiyaning Marubeni kompaniyasining Oʻzbekistondagi vakolatxonasi rahbari Nagaxito Miyosi bilan uchrashuv oʻtkazildi, deb xabar bermoqda qoʻmita Matbuot xizmati.

newsroom.com

Uchrashuvda tomonlar Marubeni va Japan Airlines (JAL) kompaniyalariga tegishli JAL Business Aviation aviakompaniyasi tomonidan Oʻzbekistonga Yevropa va dunyoning boshqa mamlakatlaridan charter, jumladan VIP charter reyslarini tashkil qilish va ularni sonini koʻpaytirish masalalarini muhokama qilishdi.
Aviakompaniya vakillari Oʻzbekiston bozoriga qiziqish bildirib, Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasida turistik oqimni oshirish orqali hamkorlikni taklif qildi.
Mazkur masala yuzasidan Qoʻmita raisi oʻrinbosari Ulugʻbek A’zamov va aviakompaniya vakillari mahalliy turoperatorlar bilan uchrashuv tashkil qilishga kelishishdi.
Uchrashuvda avia-kompaninyaning Londondagi ofisi hamkorligida Yevropa mamlakatlaridan Oʻzbekistonga charter reyslarini yoʻlga qoʻyish taklifi koʻtarilib, ushbu tashabbus Yaponiyalik hamkorlar tomonidan maʼqullandi va pandemiya bilan bogʻliq vaziyat barqarorlashishi bilan erishilgan kelishuvlar yuzasidan tez orada tashkiliy ishlarni amalga oshirilishi bildirildi.
Maʼlumot uchun, Marubeni Yaponiyaning 5 ta eng yirik turli xil faoliyat bilan shugʻullanuvchi kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Yaponiyada 30 ta boʻlim va dunyoning 79 mamlakatida 158 ta ofisi mavjud. Japan Airlines (JAL) kompaniyasi Osiyoning eng yirik aviakompaniyalaridan biridir. Kompaniya dunyo boʻyicha 120 dan ortiq aeroportlarda doimiy ichki va xalqaro tashishlarni amalga oshiradi. JAL Business Aviation kompaniyasi premium toifadagi mijozlarga xizmat koʻrsatishga ixtisoslashgan aviakompaniya hisoblanadi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog