Janubiy vokzalning yangi binosi tez orada foydalanishga topshiriladi

Toshkent shahrining janubiy darvozasi bo‘lgan Toshkent janubiy vokzalida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Bu haqda “O‘zbekiston24” telekanali saytida xabar qilindi.

Foto: O‘zbekiston24

Vokzal binosi 70-yillarda bunyod etilgan bo‘lib, bugungi kun talabiga javob bermay qolgan edi. Qurilish-ta’mirlash ishlari “Boshtransloyiha” hamda “Qurilish universal kompakt servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan amalga oshirilmoqda.

Ma’lum bo‘lishicha, vokzalning zamonaviy loyiha asosida bunyod etilgan yangi binosi tez kunlarda foydalanishga topshiriladi. Bir vaqtning o‘zida ming nafar yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatgan yo‘l vokzalida, asosan, mahalliy yo‘nalishlar bo‘yicha qatnovlar amalga oshiriladi. Bu yerda kutish va “VIP” zallari, ona va bola xonasi, tibbiyot xonasi, tamaddixona hamda mehmonxona ham o‘rin olgan.

Latest from Blog