Janubiy Koreyaga yangi elchi tayinlandi

Vitaliy Fen O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchisi etib tasdiqlandi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

Foto: UzReport

“2017-yilning 27-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 10-yalpi majlisida Vitaliy Fen O‘zbekiston Respublikasining Koreya Respublikasidagi favqulodda va muxtor elchisi etib tasdiqlandi”, — deyiladi xabarda.

Vitaliy Fen 1995–2013-yillari O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi muvaqqat ishlari vakili, keyinchalik O‘zbekiston elchisi sifatida ishlagan.

Fikr bildirish

Latest from Blog