Janubiy Koreyada prezident sayloviga muddatidan oldin ovoz berish boshlandi


Koreya Respublikasida prezidentlik saylovida muddatidan oldin ovoz berish boshlandi. 4-may, mahalliy soat 09:00 da fuqarolarning 590 mintasi saylovda ovoz berishga ulgurdi, deya xabar bermoqda TASS.

5-mayga qadar davom etadigan muddatidan oldin ovoz berishda yana minglab fuqarolarning ishtirok etishi kutilmoqda. 2014-yilda o‘tgan saylovda 42,2 mln saylovchidan 11,5 foizi muddatidan oldin ovoz bergan edi.

Saylovchilarning byulletenlari 9-may kuni bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovigacha maxsus muhrlangan qutilarda saqlanadi.

Latest from Blog