Janubiy Koreyada oʻqituvchi ayolni soʻkkan oʻzbek talaba jarimaga tortildi

Pusan ​​shahar sudi (Janubiy Koreya) 23 mart kuni Kyonsan milliy universitetida tahsil olayotgan o‘zbekistonlik talabani o‘qituvchini haqorat qilgani uchun aybdor deb topdi va uni 4000 AQSh dollari miqdorida jarimaga tortdi.

Sud qaroriga binoan, Kyonsan universiteti huzuridagi Turizm va mehmonxonalarni boshqarish institutida o‘qiydigan ismi oshkor qilinmagan talaba Janubiy Koreyadan chiqarib yuboriladi, deb yozadi OAV.

Sud jarayoni tafsilotlari bilan tanish bo‘lgan Janubiy Koreyada o‘qiyotgan ikki talabaning aytishicha, Busan shahar sudi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutining lingvistik xulosasi va koreys mutaxassisining o‘zbek tilidagi so‘zlariga tayanib voqeani “jinsiy zo‘ravonlik” sifatida emas, balki “engil haqorat” sifatida qabul qildi.

Sud, shuningdek, ishni “bosdi-bosdi” harakat qilgan fakultet dekaniga nisbatan alohida ajrim chiqardi. Dekan rasmiy tanbeh oldi. Bundan tashqari, unga o‘xshash holat takrorlangan taqdirda, u butun umr ta’lim tizimidan chetlashtirilishi mumkinligi to‘g‘risida ogohlantirildi.

Latest from Blog