Janubiy Koreya Oʻzbekiston fuqarolari uchun karantin choralarini kuchaytirdi

Janubiy Koreya elchixonasi ijobiy PSR tekshiruvlari koʻpayganligi, shuningdek respublikadan tashrif buyuruvchilarning soxta sertifikatlari aniqlanganligi sababli Oʻzbekiston fuqarolari uchun karantin choralari kuchaytirilishini eʼlon qildi.

24-sentabrdan boshlab faqat konsullikda tasdiqlangan va bitta laboratoriya tomonidan berilgan COVID-19 yoʻqligi toʻgʻrisidagi guvohnomalari boʻlgan shaxslar mamlakatga kiritiladi.

Maʼlumot uchun, qonunbuzarlar 8500 dollargacha jarima yoki deportatsiya (kirish taqiqlangan) va 1 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog