Janubiy Koreya KXDRda raketa uchirilganini ma’lum qildi

Janubiy Koreya harbiylari KXDR raketa uchirdi, degan fikrda. Bu haqda “Ryonxap” agentligiga tayanib “RIA Novosti” xabar qilmoqda.

Foto: RIA Novosti

Xabarga ko’ra, Janubiy Koreya prezidenti Mun Chje In KXDR raketa uchirilishi ortidan Xavfsizlik kengashini chaqirish haqida farmoyish berdi.

Janubiy Koreya shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi noma’lum turdagi raketa Vonsan shahri hududidagi KXDR qirg‘oqlaridan uchirilganini ma’lum qildi.

Manbalar agentlikka raketa sharqiy yo‘nalishda parvoz qilganini aytdi.

Tokio raketa Yaponiya iqtisodiy zonasiga kelib tushganini ma’lum qildi.

Harbiylar ta’kidlashicha, raketa dengizga qulashidan avval taxminan 450 km masofani bosib o‘tgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog