Janubiy Koreya kompaniyasi Toshkentdagi muz saroyi loyihasini taqdim etdi

Toshkentning Olmazor va Beshyog‘och ko‘chalari kesishmasida O‘zbekistondagi birinchi muz saroyi qurilmoqda, deb yozadi “Kommersant.uz”.

Foto: “Kommersant.uz”

Janubiy Koreyaning Heerim Architects kompaniyasi 12,5 ming tomoshabinni o‘z ichiga sig‘dira oladigan “Humo” majmuasi dizayni loyihasini taqdim etdi.

Obyekt 2018-yilda foydalanishga topshirilishi ko‘zda tutilgan. Shu sababli qurilish ishlari tezlashtirilgan dasturda olib boriladi. Qurilish taxminan 9 oy davom etadi.

Eslatib o‘tamiz, majmuada o‘lchamlari 60×30 metr bo‘lgan ikkita – asosiy va mashq muz arenalari rejalashtirilgan bo‘lib, bino umumiy maydoni 74 ming kvadrat metrni tashkil qiladi, bino to‘rt qavatdan iborat bo‘lib, balandligi 36 metrni tashkil etadi.

Latest from Blog