Jan Klod Van Damm Oʻzbekistonga keladimi?

Ijtimoiy tarmoqlarda Oʻzbekistonga Gollivud yulduzi Jan-Klod Van Damm kelayotganmish degan mish-mishlar yashin tezligida tarqalmoqda, deya xabar bermoqda Podrobno.uz.

Foto: Hello Magazine

Xabarda aytilishicha, Van Damm bilan birga Oʻzbekistonga afsonaviy sportchilar Fedor Yemelyanenko va Jeff Monson kelishi mumkin.

Ular barchasi Asian Fight 2017 Xalqaro kurash turnirda mehmon sifatida ishtirok etishi tahmin qilingan.

Bu maʼlumotlar qanchalik haqqoniy ekanligini aniqlash maqsadida Oʻzbekiston penchak —silat boʻyicha federatsiya prezidenti Aziz Joʻrabayevga murojaat qilindi.

“Afsuski, Van Damm Asian Fight 2017 Xalqaro kurash bellashuviga kelishi haqida maʼlumot hali tasdiqlanmadi. Hozirgi kunda ushbu kurash turnirini oʻtkazish masalasi tegishli vazirlik va idoralar tomonidan koʻrib chiqilmoqda. Asian Fight 2017 turnirini oʻtkazilishi haqida yakuniy qaror tez kunlarda maʼlum boʻladi”, — deb izoh berdi Joʻrabayev.

Ayrim ommaviy axborot vositalari xabarlarida, bellashuvlar joriy yil sentabr oyida oʻtkazish rejalashtirilganligi hamda ushbu bellashuvlarda mehmon sifatida Gollivud yulduzi Jan-Klod Van Damm, afsonaviy kurashchilar Fedor Yemelyanenko va Jeff Monson hamda dijey Armin van Byuren ishtirok etishi tahmin qilingan.

Shu sababli, ushbu maʼlumot hali oʻz tasdigʻini topgani yoʻq. Xalqaro turnirni tashkil etish va unda ishtirok etadigan mehmonlar masalalari hozirgi kunda koʻrib chiqilmoqda.

Fikr bildirish

Latest from Blog