Jahongir Otajonov 12 oy ichida 4-bora kontsert beradi


Xonanda Jahongir Otajonov bahor faslida ikkinchi yakkaxon kontsert dasturini taqdim qiladi. Bu haqda dia.uz sayti xabar qilmoqda.

«Sinfdosh qiz» deb nomlangan kontsert dasturi «Turkiston» san’at saroyida 24-25-may kunlari bo‘lib o‘tadi. Xonanda 11-12-13-aprel kunlari ham o‘zining «Lola» deb nomlangan kontsert dasturini taqdim qilgan edi. Bu xonandaning bahor faslidagi ikkinchi, so‘nggi 12 oy ichidagi to‘rtinchi kontsert dasturi hisoblanadi.

U 12 oy ichida to‘rt marotaba yakkaxon kontsert dasturini taqdim qilayotgan yagona o‘zbek xonandasi. 2016-yilning ikkinchi yarim yilligida «Ishtiboh», «Kuz gullari» deb nomlangan kontsert dasturini taqdim qilgan bo‘lsa, 2017-yilning birinchi yarim yilligida «Lola», «Sinfdosh qiz» deb nomlangan kontsert dasturini taqdim qilish taradudida.

Latest from Blog