Foto: Toshkent shahar hokimligi

Jahongir Ortiqxo‘jayev o‘zbek-xitoy vaksinasi bilan emlandi

Poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxoʻjayev ZF-UZ-VAC2001 vaksinasining ikkinchi komponentini qabul qilganini maʼlum qilindi.

“Hamshaharlar bugun (17-iyul kuni — tahr) oʻzbek-xitoy vaksinasining 2-bosqichini qabul qilib oldim. Oʻylaymanki, bu koronavirusning oldini olishga juda katta yordam beradi. Xalq, shifoxonada yotgan odamlar bilan gaplashyapmiz, vaksina olganlar kovid boʻlib qolgan taqdirda ham ahvollari ancha yengil kechyapti”, — dedi hokim.

Keyinroq poytaxt hokimligi taqdim etgan video ijtimoiy tarmoqlarda turli muhokamalarga sabab boʻldi.

Latest from Blog