Jafar Irismetov: Oliy Ligada kutilmagan syurprizlar bo‘lmaydi

O‘zbek futbolining eng yaxshi namoyandalaridan biri, O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Jafar Irismetov chempionatning kuchli uchligida kimlar bo‘lishi mumkinligini bashorat qildi. Bu haqda Sports.uz portali xabar qildi.

– Ushbu chempionatda kutilmagan syurprizlar bo‘lmaydi. Birinchi uchlikni “Lokomotiv”, “Paxtakor” va “Nasaf” egallaydi. Men chempionlik maqomiga eng loyiq deb “temiryo‘lchilar”ni e’tirof etgan bo‘lardim. “Lokomotiv” o‘z tarkibida mamlakatning eng yaxshi futbolchilarini jamlagan. Keyingi paytlarda jamoaning ahvoli har tomonlama yaxshilanib bormoqda.

– Hozirda “Paxtakor”ning o‘yini hayratlanarli darajada bo‘lmasada, ular o‘zaro munosabatlarini mo‘tadillashtirish va o‘yin sifatini yaxshilash imkoniyatiga ega. Klub rahbariyatining yangilanganligi ham jamoaga ijobiy ta’sir ko‘rsatishi kerak. “Sherlar” tarkibida tajribali futbolchilar bor va ular o‘yin yo‘nalishini ijobiy tomonga bura olishadi. Agar birinchi turdan so‘ng tarkibni mustahkamlay olishsa, ikkinchi o‘ringa da’vogarlik qilishlari mumkin.

– “Nasaf”ga keladigan bo‘lsak, ular bemalol kumush uchun ham, oltin uchun ham kurasha olishadi. Qiziqarli jihati shundaki, har yili ularga uchinchi pog‘onadan yuqoriroq o‘rinlarni zabt etish uchun ozgina ochko etishmaydi xolos. Menimcha, bunga sabab, jamoaning o‘yinlarida muvozanatning yo‘qligi. Ular g‘alaba qozonishlari shart bo‘lgan bir paytda imkoniyatni qo‘ldan boy borib qo‘yishadi, – deya fikrini yakunladi hujumchi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog