Ivan Dorn yangi albom yaratdi


Ukrainalik mashhur qo‘shiqchi Ivan Dorn o‘zining yangi OTD nomli albomini yaratdi. Albom 14-aprel kunidan boshlab iTunes’da sotuvga qo‘yildi.

Albomga 12 ta qo‘shiq kiritilgan bo‘lib, ularning orasida mart oyida taqdim etilgan Collaba taronasi ham bor.

OTD albomining  ma’nosi “Open the Dorn” ya’ni “Dornni kash et”. Bu qo‘shiqchining ingliz tiidagi ilk albomi hisoblanadi.

Avvalroq Ivan Dorn rossiyalik videobloggerga bergan intervyusida Kiyev va Moskva o‘rtasidagi “araz”ga tez orada barham beriladi, deb aytgan edi. Ukraina madaniyat vaziri Yevgeniy Nishuk esa qo‘shiqchinig gapiga nomaqbul deb izoh berdi.

Latest from Blog