Italiya YIga aʼzo boʻlmagan 13 mamlakatga tashrif buyurgan fuqarolarni Italiyaga kirishini taqiqlaydi

Italiya rasmiylari koronavirus tarqalishi xavfi tufayli 13 ta Yevropa Ittifoqiga aʼzo boʻlmagan davlatlarga kirishni vaqtincha taqiqladi. Bu haqda TASS Italiya Sogʻliqni saqlash vazirligining tegishli qaroriga tayanib xabar berdi.

Foto: Reuters

Bu soʻnggi 14 kun ichida Armaniston, Bahrayn, Bangladesh, Braziliya, Bosniya va Gertsegovina, Chili, Quvayt, Shimoliy Makedoniya, Moldova, Ummon, Panama, Peru, shuningdek Dominikanga tashrif buyurgan odamlar uchun kirishni, jumladan tranzitni taqiqlaydi.

Hujjatda shuningdek, Italiya ushbu davlatlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri va bilvosita parvozlarni vaqtincha toʻxtatib qoʻyganligi koʻrsatilgan. Ular, shuningdek, YIning yashil roʻyxatiga kiritilmagan.

Taʼkidlanishicha, bunday chora “sanitariya xavfsizligini tegishli darajada taʼminlash uchun” joriy etilgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog