Italiya Rossiyaga qarshi Yevropa Ittifoqining sanksiyalarni uzaytirish qarorini qo‘llab-quvvatlaydi


Italiya bosh vaziri Paolo Jentiloni Rossiyaga qarshi Yevropa Ittifoqining sanksiyalarini uzaytirish bo‘yicha qarorini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu haqda bosh vazir intervyu bergan The Washington Postga’ga tayanib Gazeta.ru xabar qildi.

“Biz umumiy qarorni qo‘llab-quvvatlaymniz va birligimizga putur yetkazmaymiz. Zarur hollarda esa biz kuchsiz emasligimizni ko‘rsatamiz”, – dedi Jentiloni.

Shu bilan birga, bosh vazir mamlakat iqtisodiyoti Rossiyaga qarshi qo‘yilgan cheklovlar tufayli katta zarar ko‘rdi, deb ta’kidladi va Moskva bilan munosabatlarni yaxshilash zarurligini bildirdi.

Avvalroq, Slovakiya bosh vaziri Robert Fitso Yevropa Ittifoqini Rossiyaga qo‘yilgan cheklovlarni bekor qilishga chaqirgani haqida xabar qilingan edi.

Fikr bildirish

Latest from Blog