Foto: Wikipedia

Italiya Afgʻonistondan oʻz harbiylarini toʻliq olib chiqadi

/

NATO missiyasi tarkibidagi Italiya harbiy kontingenti yaqin haftalarda Afgʻonistonni butunlay tark etadi.

Qolgan 800 harbiy xizmatchidan 20 foizi Italiyaga qaytib boʻlgan. 8-iyun kuni mamlakat mudofaa vaziri Lorenzo Gerini Hirotdagi mahalliy bazada milliy bayroqning tushirilishi ramziy marosimida ishtirok etdi. Yozilishicha, Italiya kontingenti Afgʻonistonda deyarli 20 yildan beri uchta missiyada qatnashib kelgan va AQShning iltimosiga binoan bir necha bor mamlakatdan chiqib ketishni keyinga qoldirgan. Shu davr mobaynida 54 nafar mamlakat fuqarosi u yerda vafot etdi. — TASS.

Shuningdek: Afgʻonistonda minalar va portlamagan oʻq-dorilarni xavfsizlantirishga ixtisoslashgan ingliz-amerikalik HALO Trust notijorat tashkilotining kamida 10 nafar xodimi jangarilar tomonidan oʻldirilgan, yana 14 nafari jarohat olgan. Afgʻon rasmiylari hujumni Tolibon uyushtirgan deb hisoblamoqda.

Latest from Blog