Istanbulda virus tarqatuvchi chivin paydo boʻldi

Turkiya mutaxassislari mamlakatda Osiyo yoʻlbars chivinining tez tarqalish holatini qayd etishdi. Bu haqda “Ria.ru” sayti “HabberTurk” nashriga asoslanib xabar qildi.

chivin
vac-ru.com

Maʼlum boʻlishicha, Istanbulning katta tumanlarida xavfli hasharotlarning toʻplanishi kuzatilmoqda, ular ilgari mamlakatda boʻlmagan. Tadqiqotchilarning fikriga koʻra, bu tur oson moslashishi mumkin.

“Ushbu chivinlar kun boʻyi hujum qilishi mumkin, ayniqsa odamlar ochiq havoda boʻlganda. U boshqa chivinlarga qaraganda ancha tajovuzkor, sariq isitma va Zika virusi kabi kasalliklarni tashishi mumkin”, — deydi Istanbul universiteti dotsenti Kerem Etera.

Uning soʻzlariga koʻra, bu kabi kasalliklarga chalinish xavfidan tashqari, Osiyo yoʻlbars chivinining chaqishi allergik reaksiyani kuchaytirib, uzoq vaqt qichishish va qizarishni keltirib chiqaradi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog