Ispaniyadagi vino zavodida avariya sodir boʻldi

Ispaniyadagi Vilyamalea vino tayyorlash hududida avariya roʻy bergan, deb xabar qiladi “LAD Bible”.

agronet.uz

Taʼkidlanishicha, vino zavod hududiga yoyilib ketgan. Ichimlik saqlanishi uchun moʻljallangan sisterna yorilgan va qimmatbaho ichimlik aynan shu tuynukdan oqib ketgan.

Internetda tarqalgan videoga koʻra, ichimlik temir sisternalardan fontan boʻlib otilib, sanoqli daqiqalarda zavod hududida kattagina koʻlmak hosil qilgan.

Hodisa oqibatida korxona umumiy hisobda 50 ming litr ichimlikni yoʻqotgan. Baxtsiz hodisa sabablari hozircha maʼlum emas.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog