Islomni qabul qilgan Lindsi Loxan «Modalar haftaligi»ga ro‘molda keldi

Taniqli Gollivud aktrisasi islomni qabul qilgani 2017-yilning bahorida ma’lum bo‘lgandi. Aktrisa hayotidagi bu jiddiy o‘zgarishga Qur’on mutolaasini sabab qilib ko‘rsatgandi.

Foto: Beauty – Moroccan Ladies

«New York Post»ning xabar berishicha, aktrisa modalar shousidan so‘ng bergan intervyusida «Moda har doim ham ochiq kiyinishni anglatmasligini» bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘n yoshidan kinoga kirib kelgan aktrisa «Ota-onalar uchun tuzoq», «Josus bolalalar», «Machete» singari o‘ttizdan ortiq filmlarda suratga tushgan.

Lindsi Loxan avvalroq o‘zining «Instagram» sahifasidagi eski rasmlarini ham o‘chirib tashlagan edi.

Latest from Blog