Islom Karimovning Samarqanddagi xonadonida iftor dasturxoni yozildi

15-iyun kuni O‘zbekiston bo‘ylab Ramazon oyi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlab iftor dasturxonlari yozildi. Bu haqda Qalampir.uz xabar qilmoqda.

Foto: UzA

Shuningdek, Islom Karimov tug‘ilib, voyaga yetgan xonadonda el-yurt uchun iftorlik dasturxoni yozilib, marhum haqiga duolar qilindi.

Payariq tumanidagi Imom al-Buxoriy masjid majmuasida ham iftorlikka to‘planganlar Islom Karimovni xotirlashdi.

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi “Navro‘z” restoranida tashkil qilingan iftorlik dasturxonida ishtirok etdi.

Latest from Blog