Islom Karimovning eng yaxshi portreti uchun tanlov eʼlon qilindi


Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi Oʻzbekistonning Birinchi Prezidenti Islom Karimovning eng yaxshi portreti uchun tanlov eʼlon qildi.

Tanlov shartiga koʻra, unda professional rassomlar ishtirok etishlari mumkin. Rasmlarning oʻlchamlari erkin tanlanadi.

Tayyor ishlar shu yilning 31-iyuliga qadar Toshkent shahri, Istiqbol koʻchasi, 4-uyda joylashgan Toshkent fotografiya uyida qabul qilinadi.

Tanlov gʻoliblari Oʻzbekiston Sanʼat akademiyasining mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Ilgariroq Islom Karimovning haykalini yaratish boʻyicha tanlov eʼlon qilingan va unda haykaltarosh Ilhom Jabborov gʻolib boʻlgandi.

Latest from Blog