Islom Karimov haykali namunalari koʻrgazmasi boshlandi

/

Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tomonidan eʼlon qilingan Oʻzbekiston Birinchi Prezidenti Islom Karimovga haykal yaratish tanlovida Janubiy Koreya, Turkmaniston, Germaniya, Italiya, Avstraliya va Oʻzbekistonlik haykaltaroshlar 70ga yaqin haykal namunalari bilan ishtirok etmoqda. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston xabar qildi.

Konkursda ishtirok etayotganlar orasida dunyoning bir necha mamlakatlaridan kelgan tajribali haykaltaroshlar hamda yosh va isteʼdodli sanʼat ustalari ham bor.

“Ushbu koʻrgazmada namoyish qilingan 70 haykal namunalaridan 10 tasiga alohida eʼtibor beriladi deb oʻylayman. Biz nafaqat Toshkent, Samarqand uchun yodgorliklar yaratishimiz kerak, balkim Moskva uchun ham. Ustiga ustak, yaqinda Navoiy haykali oʻrnatilgan Shanxay universiteti ham Oʻzbekiston Birinchi Prezidenti byusti oʻrnatish istagini bildirdi. Bu yangilik bizni xursand qildi”, — dedi Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur.

Oʻzbekiston Birinchi prezidenti Islom Karimovga haykal yaratish tanlovida Janubiy Koreya, Turkmaniston, Germaniya, Italiya, Avstraliya va Oʻzbekistondan 58dan ortiq haykaltaroshlar 68 ta haykal namunalarini bilan ishtirok etishmoqda. Jyuri aʼzolari taqdim etilgan barcha asarlarni 10 ballik tizim boʻyicha baholanib, gʻolib aniqlanadi. Birinchi oʻrin olgan haykaltarosh 25 ming dollar, ikkinchi oʻringa —20 ming va uchinchi oʻringa 15 ming dollar mablagʻ topshiriladi. Koʻrgazma oʻz ishini 15-aprelga qadar davom ettiradi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog