Islom Karimov fondining ilk kitobi taqdimoti o‘tkaziladi

Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondi O‘zbekistonning UNESKOdagi doimiy vakolatxonasi bilan hamkorlikda abrbandi usulidagi to‘quvchilik maktabiga bag‘ishlangan “O‘zbek ipagining gulgun fasli” deb atalgan kitobni nashr etdi. Bu haqda Fondning Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilingan.

Foto: UzA

Bugun, 30-avgust kuni soat 19:00 da Toshkent shahridagi “International” mehmonxonasida kitob taqdimoti o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Taqdimotda Fondning Vasiylik Kengashi raisi — Lola Karimova-Tillyayevaning ishtirok etishi kutilmoqda.

Xabarda o‘zbek, rus, ingliz va fransuz tillarida chop etilgan kitob milliy ipakchilik san’atiga bag‘ishlangani hamda unda to‘quvchilik an’analari paydo bo‘lishidan zamonaviy o‘zbek abrbandi durdonalariga qadar ustachilik san’ati tarixi haqida so‘z borishi aytib o‘tilgan.

Foto: Facebook / Islam Karimov Foundation

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning kenja qizi, “Sen yolg‘iz emassan” xayriya jamg‘armasi vasiylik kengashi raisi, O‘zbekistonning UNESKOdagi doimiy vakili Lola Karimova-Tillayeva Islom Karimov fondiga asos solgani haqida xabar bergan edik.

Bundan tashqari, Fond Abdulla Qodiriyning “O‘tgan kunlar” romanini ingliz va fransuz tillariga tarjima qilish hamda ushbu nodir asarni jahon hamjamiyatiga tanitishni rejalashtirgani haqida ham ma’lumot bergan edik.

Latest from Blog