Islom Karimov faoliyat yuritgan Oqsaroy binosi bayram arafasida muzey sifatida ish boshlaydi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 25-yanvarda imzolagan “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qarorida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov ko‘p yillar davomida faoliyat olib borgan Toshkent shahridagi Oqsaroy qarorgohida Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasini tashkil etish va Islom Karimov nomidagi Respublika xayriya jamoat fondini ham ushbu manzil bo‘yicha joylashtirish belgilangan edi.

Foto: Qalampir.uz

Prezident qaroriga ko‘ra, ko‘plab shaharlar qatorida Toshkent shahriga O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov haykalini o‘rnatish belgilangan. Ayni damda Islom Abdug‘aniyevich Karimov faoliyat yuritgan Oqsaroy rezidentsiyasida qurilish va ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Oqsaroy hovlisiga Islom Karimov siymosi aks etgan haykal o‘rnatiladi, deya xabar bermoqda «Qalampir.uz» nashri.

Oqsaroy qarshisidagi ko‘p qavatli uylarni to‘sib turuvchi katta banner va temir to‘siqlar olib tashlandi, maydon ko‘kalamzorlashtirilmoqda.

Foto: Qalampir.uz

Avvalroq, O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti faoliyat yuritgan Oqsaroy binosi muzey qilinishi haqida xabar bergan edik. Ayni damda muzeyni tashkil etish bo‘yicha ham keng ko‘lamdagi ishlar amalga oshirilmoqda.

Ma’lum qilinishicha, tez kunda Oqsaroy hovlisiga Islom Karimov siymosi tavsirlangan haykal o‘rnatiladi. Ochilish marosimi esa O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 26 yilligi hamda O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov vafot etgan kun – 2-sentabr arafasida bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda.

Latest from Blog