“Ishdagi ishq” va “Taqdir hazili” filmlari yulduzi Andrey Myagkov 82 yoshida vafot etdi

Foto: “RIA Novosti”

Mashhur rus aktyori Andrey Myagkov 82 yoshida vafot etdi. Bu haqda Chexov nomidagi Moskva badiiy akademik teatri matbuot xizmatiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.

Teatr va kino aktyori, rejissor, RSFSR xalq artisti Andrey Vasilyevich Myagkov 1938-yil 8-iyulda Sankt-Peterburgda tug‘ilgan.

Andrey Myagkov Kimyo-texnologiya institutida tahsil olgan. Havaskorlarning badiiy chiqishlaridan birida uning ijrosi Moskva badiiy akademik teatri maktabi o‘qituvchisining e’tiborini tortgan. 1965-yilda ushbu o‘quv yurtini tamomlagan Myagkov “Sovremennik” teatrida aktyorlik faoliyatini boshlagan. Aktyor keyinchalik 1977-yilda Moskva badiiy akademik teatriga ishga o‘tgan.

Aktyorga 1975-yilda suratga olingan Eldar Ryazanovning “Taqdir hazili yoki qushdek yengil bo‘ling” filmidagi roli mashhurlik olib keldi. Shuningdek, u Ryazanovning “Ishdagi ishq” (1977) komediyasidagi Novoselsev roli bilan ham tomoshabinlar yodida qolgan.

Sergey Ovcharovning “Fedot kamonboz haqida qissa” (2001) filmidagi podshoh roli, “32-dekabr” va boshqa filmlardagi asosiy rollari Myagkovning kinodagi so‘nggi ishi hisoblanadi. Shuningdek, u Timur Bekmambetovning “Taqdir hazili. Davomi”da, Yevgeniy Gerasimovning “Tuman tarqalmoqda” serialida rol ijro etgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog