Iroqda parlament saylovlarining o’tkazilish kuni ma’lum bo’ldi

Iroqning Vakillar kengashiga (parlament) saylovlar 2018-yilning 12-may kuni bo’lib o’tadi. Bu haqda «Al Sumaria» telekanali mamlakat Oliy Mustaqil Saylov Komissiyasiga asoslanib xabar bermoqda.

VFL.RU - ваш фотохостинг

Xinhua axborot agentligining qayd etishicha, mahalliy Iroq saylovlari ham bir vaqtda o’tkaziladi.

Parlamentga oxirgi marta ovoz berish 2014-yilning 30-aprel kuni bo’lib o’tgan edi. Vakillar kengashida 107 ta partiyadan 9040 nafar nomzod ko’rsatilgan. Saylovda 20 milliondan ortiq saylovchi ishtirok etishi mumkin edi. Bu 2011-yilda AQSh qo’shinlari mamlakatdan olib chiqib ketilganidan keyin Iroqda o’tkazilgan birinchi saylovlar edi.

O‘shanda Iroq Bosh vaziri Nuri al-Malikiyning 2009-yilda tashkil topgan «Qonunchilik davlati» bloki g’olib bo’lgan. Ayni paytda siyosatchi mamlakat vitse-prezidenti lavozimini egallaydi.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar