Foto: The Independent

Iroqda “IShId”ning yangi rahbari qoʻlga olindi

/

Iroq qurolli kuchlari “Yoʻlbars amiri” deb nomlangan — “IShID” terroristik guruhi yetakchilaridan birini qoʻlga oldi. Bu haqda general-leytenant Yahyo Rasul (Yehia Rasool) Twitterda maʼlum qildi.

Iroq markazida topshiriq paytida mamlakat qurolli kuchlari terrorchining izini topishga va pistirma oʻrnatishga muvaffaq boʻlishdi. “Terrorizmga qarshi xizmat qahramonlarining saʼy-harakatlari tufayli biz “yangi Yoʻlbars amiri”ni hibsga oldik”, dedi Rasul.

Bundan tashqari, maxsus xizmat jangarilar egallab olgan uchta mototsikl va tunnelni yoʻq qilishga muvaffaq boʻldi. Rasul avvalroq Iroqda yana bir “amir” boshqa operatsiya paytida oʻldirilganini esladi.

IShIDning yangi yetakchisini hibsga olish bilan bogʻliq boshqa tafsilotlar oshkor qilinmadi.

Iroq xavfsizlik kuchlari mamlakat boʻylab ozodlikda yurgan jangarilarni taʼqib qilishni davom ettirmoqdalar. Shunday qilib, 2020-yil may oyida mamlakat maxsus xizmatlari IShIDning yoʻq qilingan rahbari Abu Bakr al-Bagʻdodiyning vorisi boʻlishi mumkin boʻlgan Abdel Noser Kardash ismli terrorchining qoʻlga olingani haqida eʼlon qildi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.

Latest from Blog