Iqtisodiyot vazirligi biznes muhitni yaxshilash to‘g‘risidagi takliflarni jamlamoqda

Iqtisodiyot vazirligi mamlakat tadbirkorlarini biznes muhitining muammoli masalalarini hal etish bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishda ishtirok etishga chorlamoqda. Bu haqda vazirlik matbuot xizmatiga tayangan holda “Gazeta.uz” xabar qildi.

Foto: UzA

Tadbirkorlar o‘z faoliyatida soliq to‘lash, kredit olish, litsenziyalarni rasmiylashtirish, mahsulot va xizmatlarni sertifikatlash, ishchilarni yollash va boshqa sohalarda duch kelayotgan murakkabliklarni qanday hal etish to‘g‘risidagi takliflarni bo‘lishishi mumkin.

Iqtisodiyot vazirligi takliflar uchun maxsus jadvalni elektron pochta orqali yuborishni so‘ramoqda.

Fikr bildirish

Latest from Blog