Ipoteka Bank xodimida koronavirus aniqlandi

24-may kuni “Ipoteka bank” Bosh boshqarmasi xodimida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, deb xabar beradi Sogʻliqni saqlash vazirligi.

Foto: Repost.uz

Xabar qilinishicha, kasal boʻlgan fuqaro soʻnggi 20 kun ichida hech kimnikiga, shu jumladan qoʻshnilarinikiga ham tashrif buyurmagan.

Uning yashash joyida aloqada boʻlgan barcha oila aʼzolari belgilangan tartibda karantindan oʻtkazildi. Qoʻshimcha epidemiologik tekshiruvlar davom etmoqda. Infeksiyalanganlar bilan aloqada boʻlganlarning barchasi koronavirus uchun tekshirildi.

Bemor bilan aloqada boʻlgan hamkasblar ham belgilangan tartibda 14 kun davomida karantinda boʻlishadi. Qolgan xodimlar yashash joyida tibbiy koʻrikdan oʻtishdi.

Sogʻliqni saqlash vazirligi qoshidagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati agentligi mutaxassislari bank binosida dezinfeksiya ishlarini olib borishdi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog