iPhone 8 smartfonining taqdim etilish kuni ma’lum bo‘ldi

Apple kompaniyasining iPhone 8 smartfoni taqdimoti kuz faslining 17-sentabr sanida bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu haqda bloger Benjamin Geskin o‘zning ishonchli mabaalariga tayanib xabar qilmoqda.

Foto: TimeZone

«Sentabr oyining o‘rtasida, aynan 17-kuni Apple o‘zining yubiley iPhone 8 smartfoni taqdimotini o‘tkazishi mumkin», – deya ma’lum qildi bloger.

Yangi qurilmaning savdosi esa taqdimotdan bir hafta o‘tgandan so‘ng boshlanishi mumkin.

Apple korporatsiyasi an’anaga ko‘ra, taqdim etilajak barcha qurilmalari hamda tadbirlari haqidagi ma’lumotlarni qattiq sir tutmoqda.

 

Latest from Blog