“Ipak va ziravorlar” XVI  festivali – barcha uchun tantana

26-maydan 28-mayga qadar “Ipak va ziravorlar” XVI festivali bo‘lib o‘tmoqda. Hammaning yuzida tabassum, kimdir o‘zining mehnat faoliyati bilan maqtanayotgan bo‘lsa, yana kimdir esa master klass hamda o‘zbekning o‘ziga xos hunarmandchiligining go‘zalligini namoyish etish bilan band. Ushbu festival xalqimizning o‘ziga xosligini, tarixiy obidalarini hamda urf-odat va an’analarini butun dunyoga tarannum etmoqda.

Foto: Korrespondent O‘zbekiston

Turli mamlakatlardan tashrif buyurgan chet ellik mehmonlar o‘zbekning qo‘li gul hunarmand ekanligiga qoyil qolmasdan iloji yo‘q, albatta.

Bir necha yildan buyon tashkil etib kelinayotgan ushbu festival yurtimizda savdo-sotiq va madaniyat yo‘nalishlaridagi an’analarni qayta tiklash va shu orqali hududda turizmni rivojlantirishfga yaqindam yordam bermoqda.

Foto: Korrespondent O‘zbekiston

26-may kuni ertalab festival ishtirokchilarining Ark qal’asi oldidagi Registon maydonidan Eski shahar ko‘chalari bo‘ylab tantanali yurish bilan boshlandi. Badiiy chiqishlar Nodirdevonbegi madrasasi oldidagi maydonda bo‘lib o‘tdi. Barcha, xususan chet ellik mehmonlar o‘zbeklarning urf-odat va an’analari bilan tanishishmoqda. Festival davom etmoqda.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar