Iordaniya qiroli parlamentni tarqatib yubordi

Iordaniya qiroli Abdulla II 27-sentabr, yakshanba kuni Deputatlar palatasini ishdan boʻshatdi va hukumatga umumiy saylovni tashkil qilishni buyurdi. Bu haqda “Petra” milliy agentligi xabar berdi. Unga koʻra, Iordaniya monarxi “bunday qarorni Konstitutsiyaning 34-moddasi uchinchi qismiga muvofiq qabul qilgan”. Yangi saylovlar saylov komissiyasi tomonidan 10-noyabrga belgilangan.

Foto: Wikiwand.com

Milliy Assambleyaning quyi palatasi 130 saylangan vakillardan, yuqori qismi Senat esa 65 aʼzodan iborat boʻlib, ular Iordaniya monarxi tomonidan tayinlanadi.

Ummon universiteti Strategik tadqiqotlar markazi tomonidan 24-27-sentabr kunlari oʻtkazilgan aholi oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrov natijalariga koʻra, respondentlarning 51 foizi koronavirus pandemiyasi sababli saylovlarni keyinga qoldirishni yoqlagan. Oʻz navbatida, respondentlarning 59 foizi ovoz bermasligini maʼlum qilgan.

Avvalroq, Iordaniya hukumati koronavirus bilan kasallangan fuqarolar sonining koʻpayishi sababli karantin rejimini 17-dan 30-sentabrgacha qayta tiklagan edi. Ummon va boshqa shaharlardagi maktablar masofadan oʻqitishga qaytishdi.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog