Internetda Toshkent yo‘llaridagi kameralarni nazorat qilish dasturi paydo bo‘ldi

Internet tarmog‘ida avtomobil haydovchilarini Toshkent yo‘llarida qo‘yilgan kameralardan ogohlantiradigan mahsus mobil ilova paydo bo‘ldi. Ilova hozircha faqat android platformasida ishlaydigan smartfonlar uchun mavjud va uni Play Marketdan ko‘chirib olish mumkin.

Foto: korda-group.ru

X-point ilovasi orqali nafaqat yo’llardagi kameralarni balki, haydovchi avtoulovi harakatlanayotgan yaqin atrofdagi AYOQSh va ustaxonalarni ham topish mumkin.

X-point geoma’lumot orqali avtomobil harakatlanyotgan tezlikni aniqlash qobiliyatiga ham ega.

Haydovchi ilovadan foydalanishi uchun internetga ulanishi shart emas. Ilova oflayn rejimda ishlaydi. U mahalliy STC kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan.

Latest from Blog