Internetda Parijdagi karnaval portlashi videosi paydo bo‘ldi

Parij yaqinidagi Vilpent shaharchasida uyushtirilgan karnavaldagi portlash internet tarmog‘ida paydo bo‘ldi. Videoni YouTube’ga E.G 93 nomli foydalanuvchi joylashtirdi, deya xabar bermoqda RIA Novosti.

Kadrda mash’ala ko‘targan odam kuchli yonuvchi materiallar to‘plangan katta uyumga o‘t qo‘yganini ko‘rish mumkin. Natijada kuchli portlash sodir bo‘ladi. Olamon vahimaga tushadi va qocha boshlaydi.

“Men hodisani tasvirga olishga vaqtida qaror qildim”, – deydi videorolik muallifi.

Hodisa oqibatida 19 kishi turli jarohatlar olgan, ulardan to‘rttasining ahvoli og‘ir.

Fikr bildirish

Latest from Blog