«Inter» yozda jamoaning to‘rt futbolchisidan tashqari barchasini sotuvga qo‘yadi

Italiyaning “Inter” klubi yozgi transferlar mavsumida yirik xaridlar amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Uff.uz sport nashrining xabariga ko‘ra, jamoaning faqat to‘rt futbolchisi mavsum yakunida Italiyada qoladi.

Foto: Invest in Trentino

Gap darvozabon Samir Xandanovich, himoyachi Danilo D’Ambrozio, yarim himoyachilar Roberto Galyardini va Gari Medellar haqida ketmoqda. Qolgan barcha futbolchilar katta ehtimol bilan transfer sotuviga qo‘yiladi.

Ma’lum bo‘lishicha, klub rahbariyati Mauro Ikardi hamda Joau Mariular uchun sarflangan pullar oqlanmaganidan norozi bo‘lishgan.

Latest from Blog