Indoneziyada niqob taqmaganlar tobutga solinib, sazoyi qilindi

Indoneziyada joriy qilingan niqob taqish tartibini buzganlar tobutga solinib, koʻchalarda sazoyi qilingan. Bu haqda The Jakarta Post gazetasi xabar berdi.

covid indoneziya
The Jakarta Post

Maʼlum boʻlishicha, mamlakatning ayrim provinsiyalarida koʻngillilar guruhi maska taqmayotgan aholiga qarshi kurashishda shunday noodatiy targʻibot olib borishgan.
Misol uchun, Sharqiy Yavadagi Probolingo shahrida tekshiruv paytida niqobsiz boʻlgan 50 nafar savdogar katafalkda “sayr” qildirilgan. Shu asnoda ularga maska ham berilgan. Qiziq tomoni, tobutga esa “COVID-19dan vafot etganlarni tashish uchun” degan yozuv boʻlgan. Oʻz navbatida qoidabuzarlarga tushuntirishlar berilgan. Baʼzilarga bozor ozodaligini taʼminlash va kanalizatsiya zovurlarini tozalash bilan bogʻliq axloq tuzatish jazosi ham tayinlangan.
Poytaxt Jakartada esa niqob taqmaganlar soxta tobutga yotqizib qoʻyilgan. Tomoshabinlarga esa ularni suratga olish ruxsati berilgan. Bu paytda qonunbuzarlar yuzini toʻsa olishlari mumkin boʻlgan.
Bu holatlardan tashvishlangan Sharqiy Jakarta jamoatchilik tartibini saqlash agentligi rahbari Budxi Novian qoidabuzarlarga murojaat qilgan.
“Barchamiz niqob taqib yurish zarur ekanligini bilamiz, agar sizlar asosiy protokollarni buzsangiz, virusga chalinib, eng yomon holatda hayotdan koʻz yumishingiz mumkin”, – dedi u.
Ammo hukumat oʻz vaqtida soxta tobut bilan bogʻliq bunday “samosud”larni taqiqladi. Shunday boʻlishiga yoʻl qoʻyib bergan tartib posbonlariga esa “Hayfsan” berilgan.
Mutasaddilar esa jarimalar va jamoatchilik ishlari koʻrinishidagi jazolarning oʻzi aholini tibbiy niqob taqib yurishiga majbur qilishidan umidvor ekanliklarini bildirgan.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog