Imtihon natijalarini qanday bilish mumkin?

2020-2021-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari o‘tkazilib, abituriyentlarning test sinovlarida to‘plagan ballari test sinovi o‘tkazilgan kunning ertasigayoq e’lon qilindi.

mondat
zamin.uz

Hozirda barcha abituriyentlar yakuniy natijalar e’lon qilinishini kutmoqda va Davlat test markaziga tanlov natijalarini qanday bilish mumkinligi borasida ko‘plab savollar kelib tushmoqda. Davlat test markazi test sinovlarining yakuniy natijalarini qanday qilib bilish mumkinligi haqida ma’lumot berdi.

Test sinovlarining yakuniy natijalari e’lon qilingandan so‘ng, tanlov natijalarini 3 xil usulda bilish mumkin bo‘ladi.

1. Abituriyentning shaxsiy kabineti orqali:

Davlat test markazining rasmiy veb-saytida har bir abituriyent uchun shaxsiy kabinet yaratilgan bo‘lib, abituriyentlar shaxsiy kabineti (abitur.dtm.uz sayti) orqali tanlov natijalarini bilishlari mumkin.

2. SMS xabarnoma xizmati orqali:

Abituriyentlar tanlov natijalarini 5100 raqamiga abituriyent ID sini yuborgan holda ham bilishlari mumkin. Bunda SMS yuborilgan telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

3. Test natijalari qaydnomasi orqali:

Natijalar e’lon qilingandan so‘ng test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi. Abituriyentlar oliy ta’lim muassasalariga borgan holda qaydnomadan tanlov natijalarini ko‘rishlari mumkin bo‘ladi.

Eslatib o’tamiz, avvalroq mandat 23-24-sentabr kunlari e’lon qilinishi reja qilinayotgani haqida xabar bergan edik.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog