Import avtomobillarni bojxonada rasmiylashtirish tartibi osonlashdi

Xorijdan olib kelinayotgan avtotransport vositasini bojxona rasmiylashtiruvidan oʻtkazish tartibi soddalashtirildi, deb xabar qilmoqda 1news.uz nashri.

Foto: Prestige Motorsport

Ushbu kunga qadar Oʻzbekistonga chet elda ishlab chiqarilgan avtomobil olib kirilganda, “Avtotransport vositasini olib kirish guvohnomasi” rasmiylashtirilar va 10 kun muddat ichida ushbu guvohnoma Davlat yoʻl harakati xavfsizligi xizmati tomonidan  roʻyxatga qoʻyilar edi.

Vazirlar Mahkammasi tomonidan joriy qilingan yangi tartibga koʻra, bundan buyon yuqorida qayd etilgan guvohnoma bekor qilinib, barcha kerakli maʼlumotlar bojxona tomonidan elektron aloqa vositalari orqali toʻgʻridan-toʻgʻri Davlat yoʻl harakati xizmatiga yuboriladi.

Ikkinchidan, oldingi tartib qoidaga koʻra, chet eldan olib kelingan transport vosiatlariga, olib kelinganidan soʻng 5 yil muddat ichida uning egasi oʻzgargan taqdirda, yoki guvohnoma yaroqsiz holga kelgan hollarda avtotransport egasining bojxona organlariga yozgan arizasi talab qilinar edi.

Bundan buyon yuqorida koʻrsatilgan hollarda bojxona organi tomonidan hech qanday qoʻshimcha hujjatlar rasmiylashtirilmaydi. “Vaqtincha olib kirish” bojxona rejimi ostida olib kirilgan avtotransport vositasining «Guvohnomasi»ga yangi maʼlumotlar elektron maʼlumotlar qayta rasmiylashtirilgandan soʻng yoʻl qoʻyiladi.

Bu kabi islohotlar tashqi iqtisodiy faoliyatda ishtirok etayotgan tadbirkor va jismoniy shaxslarga yengilliklar yaratish, ularning vaqtini va mablagʻini tejash maqsadida amalga oshirilmoqda.

Latest from Blog

Microsoft Xitoyda LinkedInni yopadi

Microsoft kompaniyasi LinkedInʼning Xitoy foydalanuvchilari uchun 2014-yilda ishga tushirilgan mahalliy versiyasini yopayotganini eʼlon qildi. Kompaniya olimlar