“IMEI-kodlarini roʻyxatdan oʻtkazish avtomatik va bepul boʻladi” degan gap-soʻzlar asossiz ekani maʼlum qilindi

Mobil qurilmalarni roʻyxatdan oʻtkazish borasida internet va turli ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabar yuzasidan munosabat bildirildi.

“Hurmatli abonentlar, mobil qurilmalarni jismoniy shaxslar tomonidan roʻyxatdan oʻtkazish tartibi haqida internet va turli ijtimoiy tarmoqlarda tarqatilgan xabar (2020-yil 23-sentabrda mobil qurilmalarning barcha IMEI-kodlarini roʻyxatdan oʻtkazish avtomatik va bepul boʻladi. Buning uchun SIM-kartani qurilmaning SIM-slotiga joylashtiring. Bu soat 23.00 gacha davom etadi) notoʻgʻri boʻlib, roʻyxatdan oʻtkazish Tizim operatori tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-sentabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi hududida foydalanilayotgan, sotish yoki shaxsiy foydalanish uchun olib kelinadigan va ishlab chiqariladigan mobil qurilmalarni roʻyxatdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi 778-son qaroriga muvofiq oʻz faoliyatini olib bormoqda”, deyiladi xabarda.

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog