Foto: Fortune

Ilon Mask Asperger sindromiga chalinganini ma’lum qildi

/

SpaceX asoschisi Ilon Mask Asperger sindromiga chalinganligini aytdi. Bu haqda u Saturday Night Live-da maʼlum qildi.

BBC eslatganidek, Asperger bilan ogʻriganlar ogʻzaki va ogʻzaki boʻlmagan signallarni talqin qilishda qiynalishadi, ular uchun oʻz his-tuygʻularini anʼanaviy tarzda ifoda etish qiyin, ijtimoiy oʻzaro munosabatlarda muammolar mavjud. Ushbu sindromga chalingan koʻplab odamlar keskin ravishda oʻziga xos qiziqishlariga eʼtibor qaratishlari, koʻpincha ushbu sevimli mashgʻulotlariga muvaffaqiyatli karyeralarini yaratishlari taʼkidlangan.

Asperger sindromiga chalingan baʼzi odamlar bu atamani ishlatmaslikni afzal koʻrishadi va ular autizm spektri buzilganligini aytishadi.

“BBC” 49 yoshli Mask sindromni birinchi boʻlib ommaviy ravishda eʼlon qilganini yozmoqda.

“Mening nutqim turli xil intonatsiyalarda farq qilmaydi … Menga bu kulgili shoular uchun juda zoʻr ekanligi aytilgan. Aslida, bugun men Asperger bilan shouda qatnashgan birinchi shaxs sifatida tarixga kiraman”, dedi u.

Latest from Blog