Ilk bor D-30 artilleriya pushkasi uchun yordamchi qurol sinovdan oʻtkazildi

7-may kuni Oʻzbekistondagi eng katta poligon – Markaziy harbiy okrugiga qarashli “Kattaqoʻrgʻon” dala oʻquv maydonida harbiy xizmatchilar tomonidan ilk bor D-30 artilleriya stvoli ichiga oʻrnatilgan 14.2 mm.li quroli sinovdan oʻtkazildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati maʼlum qildi.

Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Odatda, D-30 artilleriya qurolidan 122 mm.li snaryad otiladi. Kattaqoʻrgʻon garnizoni harbiy xizmatchilari tomonidan bu galgi tungi va kunduzgi mashgʻulotlarida 14.2 mm.li qurol ham sinab koʻrildi. Ketma ketlikda otilgan yonuvchi va zirhteshar oʻqlar nishonlarga toʻliq talofat yetkazdi.

Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Ushbu qurol artilleriyachilar boʻlinmasiga yangi qabul qilingan yosh harbiy xizmatchilar uchun foydalanish koʻzda tutilgan. Yangi quroldan qisqa muddatda malaka oshirgan yosh artilleriyachilar 122 mm.li quroldan otishga qoʻyiladi.

Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati
Foto: Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati

Fikr bildirish

Your email address will not be published.

Latest from Blog