Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari haj safariga imtiyozli ravishda borishadi


8-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov prezidentning 2017-yil 4-apreldagi «Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarorida belgilangan vazifalar ijrosini soʻzsiz taʼminlash masalalariga bagʻishlangan videoselektor majlis oʻtkazgan. Bu haqda Sputnik Oʻzbekiston xabar qilmoqda.

Majlis davomida Respublika «Nuroniy» jamgʻarmasi vakili tomonidan ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini muborak haj safariga imtiyozli ravishda yuborish taklifi berilgan.

«Bosh vazir ushbu taklifga javoban, prezident tomonidan ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining har qanday talab va istaklarini inobatga olish haqida soʻzlaganlari, agarda ular haj safariga borish istagini bildirsa, davlatimiz tomonidan albatta bepul borib kelishlarini bildirgan. Ikkinchi jahon urushi qatnashganlarlarning  aksariyati ayni paytda 90 yoshdan oshganligiga alohida eʼtibor qaratish lozimligi ham aytib oʻtilgan», — deyiladi xabarda.

Taʼkidlanishicha, «Nuroniy» jamgʻarmasiga roʻyhatni shakllantirish boʻyicha tavsiyalar berilgan. Shuningdek, bayram tadbirlarida ishtirok etuvchi ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining tadbirlar davomida urintirib qoʻymaslik, koʻngliga qarab ish koʻrish haqida hamda bayramda kiyishlari uchun liboslari ham davlat tomonidan berilishi aytib oʻtildi.

Latest from Blog